Asosiy mazmunga o'tish

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni shahar hokimi tomonidan taqdirlandi

17 ko'rildi

Joriy yilning 6-8 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilgan edi. Unda Sirdaryolik Ulbo‘sin Hakimova 48 kg vazn toifasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga ilk oltin medalni keltirdi.

Shu munosabat bilan, bugun 11 dekabr kuni Sirdaryo viloyati dzyudo federatsiyasi raisi, Guliston shahar hokimi To‘lqinjon Dadabayev hamda viloyat sport bosh boshqarmasi rahbari Anvar Bo‘ronov boshchiligida Guliston davlat pedagogika institutida tahsil oluvchi chempion sportchi bilan uchrashib, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning tabrigini yetkazdi. Yosh sportchini qutlar ekan, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Kelgusida ham O‘zbekiston bayrog‘ini hamisha yuksaklarga ko‘tarishini, yutuqlari bardavom bo‘lishini tiladi.

Shu mavzuda