Asosiy mazmunga o'tish

Fizika yo‘nalishi 1-22 fizika va astronomiya guruhi talabalari madaniy hordiq chiqarish va darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

253 ko'rildi

SAMARQANDGA SAYOHAT

Guliston davlat pedagogika instituti tyutori M.Mavlyanov hamda  o‘qituvchi X.Raimov boshchiligida fizika yo‘nalishi 1-22 fizika va astronomiya guruhi talabalari bilan madaniy hordiq chiqarish va darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Dastlab, talabalar Samarqand shahrining  muqaddas va qadimiy qadamjolarini ziyorat qildi. Shuningdek, sayohat davomida Imom Al-Buxoriy majmuasi, Xoja Doniyor maqbarasi va  Mirzo Ulugbek rasadxonasini tomosha qilish bilan bir qatorda  qadimiy obidalar  tarixi bilan ham yaqindan tanishdilar.

Hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohatdan talaba-yoshlar biro olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Shu mavzuda