GulDPI - “WORLD EDU-2023” xalqaro ko‘rgazmasida
#GDPI #GSPI #EDU
GulDPI - “WORLD EDU-2023” xalqaro ko‘rgazmasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” dasturi yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “SOF EXPO SAMARKAND” xalqaro ko‘rgazmalar markazida 2023-yilning 11-12- may kunlari “WORLD EDU-2023” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada Guliston davlat pedagogika instituti rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Institut mas’ul vakillari abituriyentlarga iqtidorli talabalar uchun oliygohda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim muassasasining o‘quv dasturlari, yoshlarning o‘zlarini qiziqtirgan sohalarida qabul kvotalari bo‘yicha ma’lumot bermoqda.
Ko‘rgazma maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim, oliy ta‘lim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.
Ko’rgazmada jami 100 dan ziyod mahalliy hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari vakillari faol ishtirok etmoqda.
Ko’rgazma davom etadi….
📥GulDPI axborot xizmati
