Guliston davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Pekinda xalqaro tajriba almaşinuvi dasturida

💖 Guliston davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari va magistrantlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin şahrida ötkazilayotgan “Ta’limda raqamli transformatsiya va barqaror rivojlaniş: xalqaro tajriba va innovatsion yondaşuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy dasturda iştirok etmoqda.
🌐 Dasturda Özbekiston, Meksika, Armaniston, Ruanda, Grenada, Janubiy Afrika Respublikasi va boşqa davlatlardan kelgan vakillar özaro tajriba almaşmoqda.
🎓 Dastur doirasida institut professor-öqituvçisi, f.f.b.f.d. M.M. Fozilov tomonidan “Xitoy ta’lim tizimidagi ilğor pedagogik texnologiyalar va ularni Özbekiston ta’lim amaliyotiga tatbiq etiş istiqbollari” mavzusida ilmiy ma’ruza taqdim etildi.
📚 Ma’ruzada quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
✅ Xitoyning Smart Education konsepsiyasi va sun’iy intellektga asoslangan baholaş tizimlari;
✅ Erta yoşdan STEAM ta’limini joriy etişning ilğor tajribalari;
✅ Özbekiston–Xitoy akademik mobilligi va ilmiy-pedagogik hamkorligini rivojlantiriş istiqbollari.
🤝 Mazkur xalqaro dastur institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş va ularni milliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✨ Institutimiz delegatsiyasiga xalqaro dasturdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!



