Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida Afg‘on urushi qatnashchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida Afg‘on urushi qatnashchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Institut tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Afg‘on urushi qatnashchilari A. Qayumov, X.Fayzullayev va S.Ismoilov va boshqa urush qahramonlari hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, tinch-osoyishta yurtimizni qadrlash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik bilan tarbiyalash, talabalar orasida salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan.
Urush qahramonlari orasida GulDPI Pedagogika fakulteti katta o‘qituvchisi Q.Galayev ham bor. Uchrashuv davomida urush faxriylari achchiq urush xotiralari, shiddadli janglarda qatnashganligi va g‘alabalari haqida so‘zlab berdi.
Vatan va kelajak avlod uchun o‘z jonlaridan voz kechib jang maydonlarida mardonovar jang qilgan urush faxriylari hayoti talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida urush faxriylari talabalarga Vatanimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladi.
📥 GulDPI axborot xizmati