Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida Afg‘on urushi qatnashchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 19.01.2024
✅ Institut tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Afg‘on urushi qatnashchilari va boshqa urush qahramonlari hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
💬 Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, tinch-osoyishta yurtimizni qadrlash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik bilan tarbiyalashga qaratilgan.
➡️Uchrashuv davomida urush faxriylari achchiq urush xotiralari, shiddatli janglarda qatnashganligi va g‘alabalari haqida so‘zlab berdi.
✨ Vatan va kelajak avlod uchun o‘z jonlaridan voz kechib jang maydonlarida mardonavor jang qilgan urush faxriylari hayoti talabalarda katta taassurot qoldirdi.
🔵Tadbir davomida urush faxriylari talabalarga Vatanimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladi.