Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Xalqimiz keksalarni hamisha e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Oramizda keksa nuroniylar borligining o‘zi ulug‘ ne’mat bo‘lib, ularning pand-u nasihati yoshlarimiz uchun bebaho xazinadir.
✔️Ushbu jihatlar inobatga olingan holda Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda mehnat faxriylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
➡️Faxriy ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun -mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor.
💥Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etyapti. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilyapti. Mehmonlar ham davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab, erishilayotgan bu yutuqlar ko‘plab fidoiy insonlarning mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini ta’kidlashdi.