Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Guliston shahridagi 7-umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan navbatdagi ochiq dars o‘tkazildi.
0 ko'rildi
Dars davomida o‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv topshiriqlar va suhbatlar orqali bilimlar mustahkamlandi. Professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ular bilan samarali muloqot o‘rnatishga alohida e’tibor qaratdi.
Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ingliz tiliga qiziqishni oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, ularning fikrlash va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Shu mavzuda
Guliston davlat pedagogika instituti “Tarix” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlari bo'yicha falsafa doktori E.E.Qurbonov tomonidan talabalari o'rtasida “Konstitutsiyada dunyoviy va ijtimoiy davlat tushunchalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
1