Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Tagayev Behzod Anvarovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi. 19.12.2025
9 ko'rildi
💬 Ma'ruza davomida "Raqamli iqtisodiyotda yoshlar bandligini ta'minlashning samaradorlik ko'rsatkichlari" mavzusida so‘z bordi.
Xususan, raqamli tadbirkorlik muhiti va yosh tadbirkorlarning raqamli ko'nikmalarini takomillashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy kasblar va chet tillariga o'qitish, yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.