Guliston davlat pedagogika institutida o‘qituvchi va talabalar uchun "raqamli hukumat va elektron davlat xizmatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Guliston davlat pedagogika institutida o‘qituvchi va talaba yoshlar uchun seminar tashkil etildi. Seminarda «O‘zkomnazorat» inspeksiyasining Sirdaryo viloyati shu’basi 1-toifali mutaxassisi Anvar Xidirov, hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining viloyatdagi mas’ul xodimi Olimjon Zokirov ishtirok etdi.
Seminar tadbirida «Raqamli iqtisodiyot va elektron xukumatni keng joriy etishda normativ huquqiy hujjatlar, “Elektron hukumat” to‘g‘risidagi Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi.
Seminar qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-oktabrda 3467 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “davlat xizmatlari yagona reestrini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan davlat tashkilotlari va organlarining ko‘rsatadigan davlat xizmatlari, va ulardan foydalanuvchilarning toifalari hamda davlat xizmati ko‘rsatilish shakli va davlat xizmatining ko‘rsatish natijasi yuzasidan tadbir qatnashchilarga tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari seminar qatnashchilari “yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash”, “Abituriyentni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish”, “Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza berish”, “Soliq qarzi mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma olish” kabi xizmatlardan foydalanishni oʻrganishdi.
Shuningdek, davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishning qulaylik va samaradorligi, foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish ketma-ketligi yuzasidan tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berildi.