Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika institutida OTA-ONALAR KONGRESSI o'tkazildi.

20 ko'rildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 4-avgustdagi 920-son yig‘ilish bayoni 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat  pedagogika  institutida  “Ota-onalar kongressi” o'tkazildi. Kongressni Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori  Begzod Tagayev oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz navbatida ta’lim dargohi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha aniq takliflarni oʻrtaga tashladi.

Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talaba-yoshlar ham ishtirok etishdi.

Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng,  “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismi boshlandi.

Institutga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish bilan bir qatorda institut rahbariyati bilan uchrashib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Uchrashuvning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan kuy-qo’shiqlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Shu mavzuda