Guliston davlat pedagogika institutida talabalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda institut talabalari va professor-o‘qituvchilariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda turli xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasida xavfsiz muhitni ta’minlash, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, favqulodda vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va eng avvalo inson hayotini asrash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shu mavzuda

Sirdaryo viloyati FVB tomonidan Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan profilaktik tadbir o‘quv mashqi tarzida davom etdi.

Guliston davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.








