“Hamdoʻstlik maydonida madaniyatlararo kommunikatsiyalar avlodlar almashinuvi kontekstida asosiy tendentsiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
🖋Joriy yilining 22 noyabr kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Respublikasidagi Rossiya hamkorlik tashkilotida “Hamdoʻstlik maydonida madaniyatlararo kommunikatsiyalar avlodlar almashinuvi kontekstida asosiy tendentsiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
✅Tadbir “Север-Юг” siyosatshunoslik Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi Rossiya vakolatxonasi, A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti va MDHga a‘zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi ko'magida tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va tillarni oʻqitish kafedrasi dotsenti Olga Ivanovna Gizatulina qatnashib ta'limda yaratlilayotgan sharoyitlar hamda ulardagi yutuqlar bo'yicha fikr mulohazalar aytib o'tildi.
Tadbir davomida “Hamdoʻstlik maydoni: rus tili kasbiy muvaffaqiyat vositasi sifatida” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda rus tilining butun Markaziy Osiyo makonida amal qilishi, uning zamonaviy sharoitda mutaxassis raqobatbardoshligini aniqlashdagi ahamiyati muhokama qilindi. mehnat bozori, shuningdek, MDH mamlakatlaridagi ommaviy axborot vositalaridagi rus tilidagi kontentning ahamiyati masalalari muhokama etildi.