Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning yashash sharoiti va xavfsizligi doimiy e’tiborda. Pedagogika fakulteti tyutori F. T. Nazarova tomonidan Mevazor mahallasida yashovchi talabalarning ijara xonadonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida xonadonlardagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Talabalarga is gazidan zaharlanishning oldini olish, xavfsizlik va odob-axloq qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.




