Imtihon jarayonlarini videokameralar orqali to‘g’ridan-to‘g’ri kuzatishingiz mumkin.
115 ko'rildi
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2023
#3_kun_GulDPI
Ayni damda bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda... Ota-onalar uchun "kutish joyi” tashkil qilingan, Tez tibbiy yordam va Milliy gvardiya xodimlari ham xizmat qilmoqda.
Abituriyentlarning yaqin qarindoshlari imtihon jarayonlarini videokameralar orqali to‘g’ridan-to‘g’ri kuzatmoqda.
Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi manzil orqali bevosita jonli efirda kuzatishingiz mumkin.
👉 http://imtihon.gspi.uz/
GulDPI axborot xizmati