Asosiy mazmunga o'tish

“IT queens” tanlovida 6 ta sovrin va 3 ta respublika yo‘llanmasi

0 ko'rildi
“IT queens” tanlovida 6 ta sovrin va 3 ta respublika yo‘llanmasi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti talaba-qizlari “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichida uchta birinchi, ikkita ikkinchi va bitta uchinchi o‘rinni egallashdi.

Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan tanlovda institutimizning quyidagi talaba-qizlari oltita yo‘nalish bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

🥇Abdullayeva Sevinch — “Dasturiy ta’minot” yo‘nalishida 1-o‘rin. 4-kurs, 2-23 MI guruhi talabasi;

🥇Abdulhaqova Zulfiya — “Mobil ilovalar” yo‘nalishida 1-o‘rin. 3-kurs, 7-24 BI guruhi talabasi;

🥇 O‘sganova Muqaddas — “Sun’iy intellekt” yo‘nalishida 1-o‘rin. 4-kurs, 2-23 MI guruhi talabasi;

🥈Abdurasulova Marjona — “Veb-ishlanmalar” yo‘nalishida 2-o‘rin. 4-kurs, 2-23 MI guruhi talabasi;

🥈 Elmurodova Muxsina — “Raqamli ta’lim” yo‘nalishida 2-o‘rin. 4-kurs, 2-23 MI guruhi talabasi;

🥉Komiljonova Nigora — “Kiberxavfsizlik” yo‘nalishida 3-o‘rin. 3-kurs, 4-24 MA guruhi talabasi.

🏆Birinchi o‘rinni egallagan Abdullayeva Sevinch, Abdulhaqova Zulfiya va O‘sganova Muqaddas tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qolga kiritishdi.

Barcha sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz hamda respublika bosqichida institutimiz sharafini himoya qiladigan talaba-qizlarimizga ulkan muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz!

“IT queens” tanlovida 6 ta sovrin va 3 ta respublika yo‘llanmasi — 2“IT queens” tanlovida 6 ta sovrin va 3 ta respublika yo‘llanmasi — 3“IT queens” tanlovida 6 ta sovrin va 3 ta respublika yo‘llanmasi — 4“IT queens” tanlovida 6 ta sovrin va 3 ta respublika yo‘llanmasi — 5

Shu mavzuda