Jismoniy tarbiya darslarida
134 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar yo‘nalishi 35-22-guruhi talabalari ishtirokida “Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi” fanidan seminar dars bo‘lib o‘tdi.
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Ulug’bekova Munisa tomonidan ochiq mashg’ulot darsida “Jismoniy tarbiya darslarida va sport mashg’ulotlari mazmuniga mos holda harakatli o‘yinlarni rejalashtirish va o‘tkazish” mavzusida interaktiv hamda qizizqarli o‘yinlar tashkil etildi.
Albatta, jismoniy tarbiya darslarida o‘qituvchining pedagogik mahorati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, harakatli o‘yinlarni tanlashda bolaning yoshi, sog’lig’i, fasllarni hisobga olgan holda rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir.
GulDPI axborot xizmati