Asosiy mazmunga o'tish

“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv

0 ko'rildi
“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakultetida “Kasbim — faxrim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aktyor, rejissyor va ustoz san’atkor Toshev Jabbor Sattorovich hamda teatr, kino va dublyaj aktyori Sattorov Sanjar ishtirok etdi.

Uchrashuvda san’atkorlar teatr va kino sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, sahna ortidagi mashaqqat, aktyorlik kasbining mas’uliyati va ustoz-shogird an’analarining ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularning kasb va ijod yo‘li haqida bevosita suhbatlashdilar.

Davra suhbati talabalarda tanlagan kasbiga nisbatan faxr va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamladi. Zero, kasb bilan faxrlanish unga bilim, mehnat va sadoqat bilan munosib bo‘lishdan boshlanadi.

“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv — 2“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv — 3“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv — 4“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv — 5“Kasbim — faxrim” mavzusida taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv — 6

Shu mavzuda