Kasbiy ijodiy imtihonlar boshlandi!
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2023
Guliston davlat pedagogika institutida 2023-2024 oʻquv yili uchun bakalavriatning alohida iqtidor talab qilinadigan ta’lim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Bugun 25-iyul kuni abituriyentlar jismoniy madaniyat, musiqa ta’limi hamda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari kasbiy (ijodiy) imtihonida o‘z iqtidorlarini namoyon etmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida qabul komissiya a’zolari tomonidan nazorat qilinmoqda. Shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilayotgan har bir xonalarga maxsus kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
Abituriyentlarning ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari imtihon jarayonlarini videokameralar orqali to‘g’ridan-to‘g’ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.
GulDPI axborot xizmati