Kelajak kasblari mavzusida bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Oqoltin tumanida joylashgan 5,4,15-sonli maktablarida kelajak kasblari mavzusida bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirda GulDPIda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, o‘quv va ta’lim jarayonlari, ta’lim yo‘nalishlari, talabalar bilan ishlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tizimi, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning yutuqlari xususida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilarning institut haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun bukletlar tarqatildi.
📥GulDPI axborot xizmati