Asosiy mazmunga o'tish

Korrupsiya -taraqqiyot kushandasi

96 ko'rildiKorrupsiyaga qarshi kurash

Joriy yilning 2-iyun kuni Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida fakulteti dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar , tyutorlar, ARM xodimlari, psixolog, profilaktika inspektori va hamshiralar ishtirokida “Biz-korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirda institutning 1-prorektori B.Tagayev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i Sh.Saidov, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D. Umurzoqova  korrupsiyaga qarshi olib  borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni  va normativ hujjatlar mazmuni yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdi.

 Tadbir davomida korrupsiya tushunchasi va uning salbiy oqibatlari  to‘g’risida tayyorlangan ijtimoiy rolik namoyish etildi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda