Asosiy mazmunga o'tish

Mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv

0 ko'rildi
Mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv

Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti  yoshlari masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Boyjigitov Guliston shahar “Do‘stlik” qo‘rg‘onida mahalla raisi hamda faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan dolzarb ishlar, yoshlar tarbiyasi, xavfsiz muhitni ta’minlash, profilaktika yo‘nalishidagi hamkorlik faoliyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirish hamda jamoat xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar mahalla–ta’lim muassasasi–yoshlar hamkorligini mustahkamlash, hududlarda barqaror va xavfsiz ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.

Shu mavzuda