Maktablarda tar'gibot ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 10-11 may kunlari Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Shirin shahridagi 1-2-3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kelajak kasblari mavzusida bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirda GulDPIda talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, o‘quv va ta’lim jarayonlari, ta’lim yo‘nalishlari, talabalar bilan ishlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tizimi, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning yutuqlari xususida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilarning institut haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun bukletlar tarqatildi.
📥GulDPI axborot xizmati