Asosiy mazmunga o'tish

Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

85 ko'rildi

       Joriy   yilning   17-iyul   kuni  Guliston  davlat  pedagogika  institutida  “2023-2024-o‘quv  yilida  oliy  ta’lim  muassasasida  bakalavriat  va  magistratura  bosqichlari  uchun belgilangan  qabul  kvotalari”  mavzusida  matbuot  anjumani  bo‘lib  o‘tdi. 
     
         Anjumanda  mas’ullar  tomonidan  mazkur  oliygohda  2023/2024 oʻquv  yili  uchun  bakalavriatning   kunduzgi,  sirtqi,  kechki   ta'lim   shakllari   bo‘yicha   o‘qishga  qabul  qilishning   davlat   buyurtmasi   parametrlari,   yangi   ochilgan   ta'lim   yo‘nalishlari,  magistratura   mutaxassisliklari,   shuningdek,  abituriyentlarga   yaratilgan   sharoitlar  va   imtiyozlar,  kasbiy  ijodiy  imtihonlarning  o‘tkazilish  vaqti,   tartibi,  ballar   taqsimoti  xususida   batafsil  ma’lumotlar  berildi.

     Tadbir  yakunida OAV vakillari   va  blogerlar  o‘zlarini  qiziqtirgan  savollarga  mutaxassislar tomonidan  javoblar  olishdi.

 GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda