Milliy qadriyatlar-millat iftixori
Avval xabar berganimizdek, GulDPI Xotin-qizlar masalalari Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar-millat iftixori” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda GulDPI Sirtqi bo‘limi Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi talabalari viloyatlarning o‘ziga xos turli xil milliy oshlarini tayyorlash mahoratini namoyish etdi. Bundan tashqari iqtidorli tashabbuskor talabalarning vatan haqidagi she’rlari, raqslari, kuy-qo‘shiqlari va o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan mohirona ijro etilgan “Kelin salom” hamda laparlari davraga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki ruh bag’ishladi.
Tanlov yakunida faol qatnashgan guruhi talabalariga tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.
GulDPI axborot xizmati