Asosiy mazmunga o'tish

my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

278 ko'rildi

my.gov.uz  oson va qulay

Joriy  yilning 17-may kuni  Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida  My.gov.uz  Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portalidan  foydalanish tartibi,  imkoniyatlari  va  afzalliklari  mavzusida  seminar-trening  bo‘lib  o‘tdi.

Seminar  davomida  Elektron  hukumat  loyihalarini  boshqarish  Markazi  bo‘lim boshlig’i  Temurjon To‘raqulov,  Elektron hukumat loyihalarini boshqarish Markazi  bo‘lim boshlig’i  Muhriddin   Rustamov   my.gov.uz portalining   ommabop xizmatlari,  foydalanish tartiblari, elektron   raqamli imzo,  Mobile-ID ,  Yagona identifikatsiya   tizimi   (One-id) ga  kirish yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlarni  rolik va slaydlar orqali namoyish etdi.

Tadbirda  ishtirok etgan institut talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Shu mavzuda