Ochiq eshiklar kuni — oliy ta’lim sari qadam
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Boyovut tumani 32-umumta‘lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari institutga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif yoshlarning oliy ta’limga qiziqishini oshirish, kasb tanlashga ongli yondashuvini shakllantirish hamda kelgusi ta’lim yo‘lini belgilashiga ko‘maklashishga qaratildi.
Maktab va institut hamkorligi — bitiruvchilarning kasbiy maqsadlarini aniqlashi va oliy ta’lim sari intilishida muhim omillardan biridir.






