Ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ishtirokida “Ta’lim sifati, kasbga tayyorlash va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarni kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash, pedagog kadrlarning ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda sohadagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga institut rahbariyatidan batafsil javob oldilar. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi ta’kidlandi.








