“Oilaviy hayot saboqlari” kursining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan “Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida navbatdagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Har juma kuni tashkil etilayotgan mazkur kursning bu galgi mashg‘uloti “Rashk muhabbat belgisimi?” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda institut psixologlari hamda fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot mavzusi oilaviy munosabatlarning psixologik jihatlari, rashk hissi hamda o‘zaro ishonch va hurmatning ahamiyatini yoritishga qaratildi.
Mazkur kurs talaba-yoshlarning oilaviy hayotga oid bilimlarini boyitish, ularda sog‘lom munosabatlar madaniyatini rivojlantirish va oilaviy mas’uliyatni anglashga qaratilgan.
Shu mavzuda

“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi

Guliston davlat pedagogika instituti — UzA nigohida

