Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz timsoli!
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Faol kitobxon” klubi a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni asrashdagi o‘rni, shuningdek, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining tarixiy ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga hurmat ifodasidir!


