Qabul2025: Xorijdagi vatandoshlar uchun qoʻshimcha davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qilinadi!
0 ko'rildi
💠O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.
💠Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan arizalar 2025-yil 10-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Shu mavzuda
Abituriyentlar uchun yangilik — super qulaylik!
4