Rahbar va yoshlar uchrashuvi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida Sirdaryo viloyati prokurori — adliya katta maslahatchisi Imatov Savid Bazarbayevich hamda institut rektori Karshibayev Jaxongir Xazratqulovich ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida talabalarning murojaat, taklif va tashabbuslari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Ayrim murojaatlarga esa joyida amaliy yechim topildi.Xususan, viloyat prokuraturasida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish, talabalarni prokuratura faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, soha faxriylari ishtirokida institutda “Ma’naviyat kunlari” doirasida mahorat saboqlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, talabalar o‘rtasida “Prokuror kubogi” sport musobaqalarini tashkil etish hamda musobaqa yakunida g‘oliblarni taqdirlash marosimida viloyat prokurorining ishtirok etishi yuzasidan taklif ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan institutning 3 nafar sportchi talabasi alohida e’tirof etilib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.











