Asosiy mazmunga o'tish

Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

63 ko'rildi

#adabiy_tadbir

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida  o‘zbek adabiyotining sohir sheʼriyat sohibi  Rauf Parfi  tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “R.Parfi ijodining o‘ziga xos xususiyatlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
📍Tillarni o'qitish kafedrasi ona-tili  va  adabiyoti  o‘qituvchisi  Rayhona Ubaydullayeva  tomonidan tashkil etilgan adabiyot kechasida  kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar va  tyutorlar ishtirok etdi.

🖇Ma’lumot  uchun, Rauf Parfi 1943- yil 27- sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Rauf Parfi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lib, uning  “Karvon yo‘li”, “Aks-sado”, “Tasvir”,  “Ko‘zlar”, “Qaytish”, “Sabr daraxti”, “Sukunat”, “Tavba”, “So‘nggi vido” kabi she'riy to‘plamlari nashr etilgan.

🔸 Tadbir so‘ngida talabalar shoir ijodidan she'rlar o‘qishdi.

Shu mavzuda