"Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostida "Referendum-2023" huquqiy-targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!
Joriy yilning 18-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida talabalar ishtirokida "Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostida "Referendum-2023" huquqiy-targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati Sh.Qulmatov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili M.Masaidova, "Milliy tiklanish" Demokratik Partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi N.Soatov, Guliston shahar deputati A.Nurmuxammedovlar tashrif buyurdi.
Sh.Qulmatov so'zga chiqib, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda o‘tkaziladigan referendumning mazmun-mohiyati, yangi Konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumotlar berdi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.