Asosiy mazmunga o'tish

“Referendum-2023. Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

231 ko'rildi

Referendum va yoshlar

✅ 2023-yil 31-mart kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Referendum-2023. Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
✳️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari Inomjon Qudratov, Nodira Jonibekova va institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Nurbek Ayaqulovlar tomonidan 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda o‘tkaziladigan referendumning mazmun-mohiyati, yangi Konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumotlar berildi. 
🟢Ma’ruzachilar talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi.

Shu mavzuda