Referendum - 2023: kelajaging uchun ovoz ber! Shiori ostida vilaoyat Ichki ishlar boshqarmasi va din ishlari bo'yicha qo'mita bilan hamkorlikda "Diniy ekstremizm va terrorizm nima" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Diniy ekstremizm va terrorizm
Joriy yilning 12-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida talaba-yoshlar ishtirokida Referendum - 2023: kelajaging uchun ovoz ber! Shiori ostida vilaoyat Ichki ishlar boshqarmasi va din ishlari bo'yicha qo'mita bilan hamkorlikda "Diniy ekstremizm va terrorizm nima" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori v.b. B.Tagayev kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda viloyat IIB DETQKB tezkor vakillari va din ishlari bo'yicha qo'mita viloyat boshqarmasining bosh mutaxassisi S.Bobojonovlar so'zga chiqib, mavzu yuzasidan o'zlarining fikr-mulohazalarini bayon qilishdi hamda mavzuga oid videolavha namoyish qilindi. Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.