“Rektor kubogi” taqdirlash marosimi
83 ko'rildi
#Rektor_kubogi
🏆GulDPI sportchi talabalari munosib taqdirlandi
26-sentabr Guliston davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
19-23 sentabr kunlari o‘tkazilgan mazkur musobaqada talaba yoshlar sportning mini-futbol turi bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
🥇o‘rin: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi 16-23 guruh;
🥈o‘rin: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi 19-23 guruh;
🥉o‘rin: Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 34-23 guruh talabalari g’alaba qozondi.
G’olib jamoalar medal va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
📩 GulDPI axborot xizmati