Asosiy mazmunga o'tish

Sayxunobod tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida mening kelajakdagi kasbim mavzusida uchrashuv tashkil etildi

173 ko'rildi

     Guliston davlat pedagogika instituti  “Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik” kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda maktab bitiruvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.    

    Mutaxassislar bitirish arafasida turgan maktab o‘quvchilariga kasb tanlash inson hayotidagi eng muhim tanlov ekanligini hayotiy misollar  orqali tushuntirdi.
     Uchrashuv davomida institut faoliyati haqidagi bukletlar tarqatildi. Eng muhimi bitiruchi yoshlar  o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

      
   GulDPI axborot xizmati        

Shu mavzuda