Sirdaryo viloyati prokuraturasida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uçun “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi

Yoşlarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, ularning davlat organlari faoliyati haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiriş hamda kasbiy dunyoqaraşini boyitiş maqsadida “Yoşlar kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati prokuraturasida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uçun “Rahbar va yoşlar uchrashuvi” tadbiri taşkil etildi.
Sirdaryo viloyati prokurori S. Imatov iştirokida õtkazilgan mazkur tadbir talaba-yoşlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyati bilan yaqindan tanişişi, qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini yanada çuqurroq anglaşiga xizmat qildi.Tadbir davomida talabalar viloyat prokuraturasining tarix muzeyi, tergov poligoni, majlislar zali, kutubxoni hamda sport zali faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.
Şuningdek, prokuratura xodimlari uçun yaratilgan zamonaviy iş şaroitlari, kasbiy faoliyatni samarali taşkil etişga qaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlarga ega bõldilar.
Ayniqsa, prokuratura tarixiga oid eksponatlar, tergov jarayonlariga mõljallangan amaliy õquv maydoni hamda xodimlarning bilim va malakasini oşirişga xizmat qiluvçi infratuzilma talaba-yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati yoşlarning milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarini qõllab-quvvatlaş bilan boğliq bõldi.
Xususan, talabalarning milliy musiqa çolğu asboblaridan taʼlim va amaliy maşğulotlarda kengroq foydalaniş borasidagi takliflari eʼtiborga olinib, Guliston davlat pedagogika institutining musiqa ta'limi yõnalişi talabalariga milliy çolğu asboblari — dutorlar tuhfa etildi.
Mazkur taşabbus yoşlarning ijodiy salohiyatini rõyobga chiqariş, milliy musiqa merosimizga bõlgan qiziqişini yanada oşiriş hamda xalqimizning boy madaniy qadriyatlarini yoş avlod orasida keng tarğib etişga xizmat qiladi.
Shu mavzuda

Juma — milliy liboslar kuni






