Sport musobaqa
224 ko'rildi
Joriy yilning 24-may kuni Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston Davlat Univeristeti va Toshkent Kimyo Texnologiyalari Instituti Yangiyer Filiali pedagog-xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Xotin-qizlar masalalari Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqada Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Musobaqada ishtirokchilari voleyboll, stol tennis, arg’imchoqda sakrash va arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko'ra stol tennis bo‘yicha 1-o‘rinni GulDPI jamoasi qo‘lga kiritdi. G’olib jamoalarga tashkilotchilarning esdalik sovg’alari topshirildi.
GulDPI axborot xizmati