Startap loyihalar tanlovi
Innovatsion rivojlanish agentligi Sirdaryo viloyati miqyosida startap loyihalar tanlovini e’lon qiladi
Tanlovga Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.
Loyihani amalga oshirishda quyidagi omillarni inobatga olish tavsiya etiladi:
Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va ekologik toza texnologiyalar;
Qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish;
Yashil texnologiyalarga asoslanganlik;
Inson salomatligiga zarar yetkazmaslik;
Umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos kelish;
Texnologiyalarning barqaror rivojlanish omillariga mos kelishi.
Tanlovga quyidagi xavola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:
https://forms.gle/wyTxc52UCfZjBBgo6
BATAFSIL (https://mininnovation.uz/contest/post-1200)