Asosiy mazmunga o'tish

#tadbirkor_va_yoshlar_uchrashuvi

120 ko'rildi

   ⚡️  14-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti  Madaniyat saroyida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. 
  
    📌 Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Gulistan Gold Yarn” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori , Mirzabod tumani Kengashi deputati,  “Shuhrat” medali  va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Darbishev Javlonbek Abduxaliqovich bilan talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

🖇Tadbir davomida Darbishev Javlonbek tadbirkorlik faoliyatini boshlashda dastlabki qiyinchiliklar va tajribali hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

📍Shuningdek, tadbirkor muvaffaqiyat siri faqat va faqat ilm,  mehnat va izlanish ekanligini ta’kidladi. Tadbirkorlikka qiziqgan va endi boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga kerakli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv so‘ngida  talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda