Talabalar diagnostika markazi faoliyati bilan tanishdi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-bosqich talabalari institut Diagnostika markazi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida talabalarga jismoniy holatni baholash va nazorat qilishning zamonaviy usullari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ularning jismoniy holati tegishli ko‘rsatkichlar asosida baholandi.
Mazkur tashrif talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.










