Talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Misirova hamda Tillarni o‘qitish fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh. Musurmankulova tomonidan Talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida talaba-qizlarning yotoqxona bilan qamrab olinishi, yashash xonalari va umumiy foydalanish joylari, jumladan, oshxonalarning sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talaba-qizlar bilan kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari hamda ichki tartib-intizomga rioya etish masalalari yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.






