Talabalar yashash sharoiti o‘rganilmoqda
165 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, leytenant N.Omonova, maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 1-bosqich 19 (22), 17e 22 -guruh tyutori X.Abduvaliyeva ijarada istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan yashash xonadonlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Uchrashuv davomida xonadon egalaridan talabalar haqida fikrlari, ota -onasi va bo‘sh vaqtidagi mashg’ulotlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, talabalarga tozalikka rioya qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, tartib-intizomga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
GulDPI axborot xizmati