Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika instituti “Pedagogika” fakulteti dekani Sh. Norqulov, dekan o‘rinbosarlari hamda guruhlarga biriktirilgan tyutorlar Guliston shahridagi “Buyuk kelajak” va Guliston tumanidagi “Mevazor”MFYlarida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida ijara xonadonlarining holati, mavjud qulayliklar, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






