Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi doimiy e’tiborda!

Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda ijara xonadonlarida munosib yashashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🚀 Fakultet dekani J. Komilov, dekan o‘rinbosarlari hamda fakultetga biriktirilgan tyutorlar tomonidan “Mevazor”, “Bo‘ston” mahallalari va boshqa hududlarda ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
✅Xavfsizlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — gaz jihozlari va isitish tizimlarining sozligi, is gazidan zaharlanish hamda yong‘inlarning oldini olish, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari.
✅ Yashash sharoitlari — xonalarning issiqligi, yorug‘ligi, ozodaligi, shinamligi hamda talabalarning qulay yashashi uchun yaratilgan imkoniyatlar.
✅ Ta’lim olish uchun sharoitlar — talabalarning mustaqil ta’lim olishi, darslarga tayyorlanishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilgan muhit.
🔈 O‘rganish ishlarida fakultet tyutorlari A. Mamatov, T. Axmedov, J. Qo‘rg‘anboyev va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
💡 Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularning xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.
Talaba — e’tiborda, xavfsizlik — ustuvor vazifa!










