Ta’lim sifatini oshirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqamiz – vazir
0 ko'rildi
21-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarishlar qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional va oliy ta’lim muassasalarini ish beruvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish choralari hamda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar o‘rin oldi.