Asosiy mazmunga o'tish

Texnikumlarni imtiyozli bitirgan bitiruvchilar uchun suhbat

141 ko'rildi

⚡️Joriy yilning 16-avgust kuni GulDPIda  texnikumlarni imtiyozli bitirgan bitiruvchilar ishtirokida  Jismoniy madaniyat bakalavriyat ta’lim yo‘nalishiga  qabul qilish uchun  yakka tartibdagi suhbat bo‘lib o‘tdi.
   
     ✅  Institut   professor-o‘qituvchilaridan   iborat ishchi guruh  talabgorlar  bilan  suhbat jarayonlarini 2022-yil 11-yanvardagi Hukumat qarori bilan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan o‘tkazdi.

   📌Eslatib o‘tamiz, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilinadi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda