Tinchlikni asrash — ogohlik va mas’uliyatdan boshlanadi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan!” mavzularida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Muloqotda tinchlik va osoyishtalikning qadrini anglash, yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, axborotni tahlil qilib qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarning mustaqil fikri va bilimga intilishi jaholatga qarshi eng muhim tayanchlardan biri ekani ta’kidlandi.
Tinchlik — har kuni qadrlanishi va asralishi kerak bo‘lgan ne’mat. Uni asraydigan kuch esa ogoh, bilimli va mas’uliyatli yoshlardir.









